Soliqlar: baholash, taqvim va holatlar

Centa AI’ning soliq moduli uch ishni bajaradi: hisobingiz ma’lumotlari bo‘yicha soliqlarni baholaydi, O‘zbekiston Soliq kodeksi bo‘yicha muddatlar taqvimini yuritadi va topshirilgan hisobotlar haqidagi belgilaringizni saqlaydi. Bu rejalashtirish va nazorat vositasi — Centa deklaratsiya topshirmaydi va soliq hisobotini almashtirmaydi.

Yangilangan:

Soliqlarni baholash

Har bir operatsiya bo‘yicha Centa soliq rejimini aniqlaydi: QQS stavkasi, QQS summasi, soliqsiz summa, toifa va holat. Shundan davr bo‘yicha baho shakllanadi: chiquvchi va kiruvchi QQS, foyda solig‘i (umumiy rejim) yoki aylanma solig‘i, qaydnomalar bo‘yicha JShDS va ijtimoiy soliq. Bank tasdiqlamagan to‘lovlar bahoni oshirmaydi.

Soliq taqvimi

  • Muddatlar qoidalardan tuziladi, har biri kodeks moddasiga havola qiladi va LexUZ’dagi joriy matn bilan tekshiriladi. Modda matni o‘zgarsa, qoida eski sanani bermaydi, tekshirish uchun belgilanadi.
  • Shanba yoki yakshanbaga to‘g‘ri kelgan muddat keyingi ish kuniga ko‘chadi (5, 86-moddalar).
  • Qo‘llanilishi kompaniya profili va hisobidan olinadi: QQS to‘lovchisimi, rejim, ish haqi bormi. Hisob hal qila olmasa — taqvim tasdiqlashni so‘raydi.
  • Eslatmalar 7, 3 va 1 kun oldin, muddat kuni va undan keyin — ilova ichida.

Barcha rejimlar uchun umumiy taqvim — O‘zbekiston soliq taqvimi.

Belgilar va hujjatlar

Hisobotni raqam va izoh bilan topshirilgan, qabul qilingan yoki rad etilgan deb belgilash mumkin. Topshirilgan hisobotlar, soliq bildirishnomalari va solishtirma dalolatnomalar soliq hujjatlari kutubxonasida saqlanadi va hisobga birlamchi hujjat sifatida tushmaydi.

Ko‘p beriladigan savollar

Centa soliq normalarini qayerdan oladi?

LexUZ’dagi Soliq kodeksidan: moddalar matni Centa bilimlar bazasida saqlanadi, javoblar esa moddaga havola bilan so‘zma-so‘z ko‘chirmalarni keltiradi. Centa qonunni o‘z so‘zlari bilan qayta aytmaydi.

Centa deklaratsiya topshiradimi?

Yo‘q. Centa baho, muddat va holatlarni ko‘rsatadi, hisobotni esa siz yoki buxgalteringiz topshiradi.

Centa AI’ni demo kompaniyada sinab ko‘ring

Ro‘yxatdan o‘tmasdan: real ssenariylarga ega tayyor demo kompaniya. Tayyor bo‘lganingizda — kompaniyangizni STIR orqali ulang.